Samarqand viloyati Urgut tumani "Mingtepa" mahallasida joylashgan "To`lqirtepa-1" tarixiy arxeologiya yodgorligining 163 metr kub hajmdagi er maydoni maxsus texnika yordamida kovlab olinib, ob`ektga 4 mlrd so`m zarar etkazilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Shuningdek, ushbu tumanning "Quyiqishloq" mahallasida joylashgan o`rta asrlarga oid "Teshiktepa", "Dehqonobod" mahallasidagi "Qulqishloqtepa-2" va "Ogahiy" mahallasidagi "Mozortepa" arxeologiya ob`ektlari qisman buzilishi oqibatida jami 5 mlrd so`m zarar etkazilgan.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






