"Moskva Siti"ga dronlar hujumi uyushtirilgani xaqida xabar bergan edik. Qrim viloyatidan Davlat Dumasi deputati Mixail Sheremet Moskvaga uchuvchisiz uchoq yordamida qilingan hujumdan so`ng Ukraina hukumatiga javob choralari bilan tahdid qildi. RIA Novosti'ning yozishicha, deputat ukrainaliklarni "terrorchilar" deb atagan va ular bilan suhbat juda qisqa bo`lishini aytgan.
Sheremetning so`zlariga ko`ra, respublika prezidenti Vladimir Zelenskiy “Ukrainani terrorchi davlatga aylantirgan”. Deputatning fikricha, siyosatchi “o`zining harbiy yutuqlari sifatida ochiq terrorchilik harakatlarini o`tkazishga” harakat qilmoqda, chunki u G`arb davlatlarining olqishiga sazovor bo`lmoqchi.
Bugun Rossiya ommaviy axborot vositalari erta tongda "Moskva Siti"ga ukrainaliklarga tegishli uchuvchisiz samolyot kelib tushgani haqida xabar berdi. Shuningdek, bu ma`lumotni poytaxt meri Sergey Sobyanin tasdiqlagan. Uning aytishicha, hujum natijasida 2 ta ofis binosi kichik zarar ko`rgan.






