AsosiyDunyo

Ilon Mask Ukraina dronlarini Qrim yaqinidagi Starlinkga ulashdan bosh tortdi

'Ilon Mask Ukraina dronlarini Qrim yaqinidagi Starlinkga ulashdan bosh tortdi'ning rasmi

Ilon Mask Ukraina harbiylarining Qrim mintaqasida Starlink sun`iy yo`ldosh aloqa tarmog`ini yoqish haqidagi iltimosini rad etdi. 

Starlink ko`pincha mojaro zonalarida Internetga kirishning yagona usuli hisoblanadi. Tarmoq Ukrainada dron hujumlarini muvofiqlashtirish va razvedka ma`lumotlarini yig`ish uchun ishlatiladi.

Ilon Mask mojaro paytida Starlinkga kirishni bir necha bor cheklagan. U Ukraina harbiylarining Qrim yaqinidagi tarmoqni yoqish haqidagi iltimosini rad etgan. Ma`lumotlarda Ukraina Qurolli kuchlarining so`rovi aynan qachon rad etilganiga aniqlik kiritilmagan.

Shuningdek, 2022 yilda Mask o`zining “Rossiya manfaatlariga mos keladigan” tinchlik rejasini tarqatgan. Birinchi qadam sifatida u Rossiya tarkibiga qo`shilgan hududlarda BMT nazorati ostida referendum o`tkazishni taklif qilgan. Tadbirkorning so`zlariga ko`ra, Qrim rasman Rossiya Federasiyasi tarkibiga kiradi, Ukraina esa neytral maqomini e`lon qilishi mumkin.

Yanvar oyida Ukraina Mudofaa vazirligi armiyada Starlink sun`iy yo`ldosh aloqa terminallari bilan jihozlangan zarba beruvchi dronlardan iborat bo`linmalar tuzilganini e`lon qildi. 9 fevral kuni SpaceX  prezidenti Ukrainadagi harbiy dronlarning Starlink  tarmog`iga kirishini cheklash qarorini e`lon qildi. Uning tushuntirishicha, texnologiya qurolga aylanish uchun ishlab chiqilmagan. O`z navbatida, Ilon Mask Starlink tarmog`i Ukrainada aloqani ta`minlash uchun zarurligini, biroq undan uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin bo`lgan sabablar uchun foydalanmaslik kerakligini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar