AsosiyJamiyat

Farg`onadagi fojiada halok bo`lgan va jabrlanganlarning oilasiga yordam ko`rsatiladi - Hukumat farmoyishi

'Farg`onadagi fojiada halok bo`lgan va jabrlanganlarning oilasiga yordam ko`rsatiladi - Hukumat farmoyishi'ning rasmi

Avvalroq, Farg`onadagi 4 qavatli binoning erto`lasida joylashgan karaoke kafesida sodir bo`lgan yong`in oqibatida 6 kishi halok bo`lgani haqida xabar bergan edik. Hozirda holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.

Shuningdek, Farg`ona shahrida sodir bo`lgan fojia bo`yicha Vazirlar Mahkamasi Farmoyishi e`lon qilindi. 

Farmoyishga ko`ra, bosh vazir o`rinbosari Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tashkil etildi.

Ma`lum qilinishicha, tuzilgan hukumat komissiyasi bir hafta davomida vafot etganlarning oila a`zolariga hamda jabrlanganlarga tibbiy, moddiy, psixologik jihatdan yordam ko`rsatadi.
Bosh vazir o`rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi komissiyaga:

- baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlarning oila a`zolariga hamda jabrlanganlarga tibbiy, moddiy, psixologik va boshqa yordamlar ko`rsatilishini ta`minlasin;

- yong`in sodir bo`lgan binoning erto`lasida ishlatilayotgan texnika kurilmalari belgilangan talablarga muvofiqligini;

- baxtsiz hodisa yuz berishining texnik va tashkiliy sabablarini; 

- elektr uskunalari va jihozlarining montaj ishlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilgan holda sifatli bajarilganligini;

- jabrlanuvchilarning harakatlari (harakatsizligi)ni, ular tomonidan qurilmalardan xavfsiz foydalanish bo`yicha normativ-huquqiy hujjatlar
va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar
talablariga amal kilinganligini;

- baxtsiz hodisa sabablarini tavsiflovchi ashyoviy dalillarni;

- baxtsiz hodisa sodir bo`lgan joyning holati bo`yicha barcha o`zgarishlarni har tomonlama o`rganib chiqish vazifalari yuklatilgan. 

Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari A.Ramatov zimmasiga yuklangan. 

Tekshirish yakunlari va jabrlanganlarga ko`rsatilgan yordamlar yuzasidan hisobot Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda baxtsiz hodisa sabablarining chuqur tahlili hamda Komissiyaning takliflari asosida kelgusida shu kabi holatlarning oldini olish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi va uning bajarilishi ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar