AsosiyJamiyat

O`zbekistonda eng xavfli yo`l va chorrahalar xaritasi shakllantiriladi

'O`zbekistonda eng xavfli yo`l va chorrahalar xaritasi shakllantiriladi'ning rasmi

Yig`ilishda “Yo`l harakati xavfsizligi – jamoatchilik nazoratida” tamoyili asosida yiliga kamida ikki marta ijtimoiy so`rov o`tkazish yo`lga qo`yilishi ta`kidlandi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Endi yo`ldagi dislokasiya tushunchasidan voz kechilib, barcha yo`l-patrul xizmati xodimlari uchun mahallalarni qamrab oluvchi javobgarlik hududi belgilab qo`yiladi.

Eng xavfli yo`l va chorrahalar xaritasini shakllantirib, ularni tartibga solish uchun:

- nechta svetofor yoki qancha uzunlikdagi yo`l to`siqlari kerak;

- qaysi hududlarga er usti va er osti piyoda yo`laklari zarur;

- harakat xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug`dirayotgan “yama” va “garmoshkalar”ni ta`mirlash uchun qancha mablag` zarur, degan savollarga aniq hisob-kitoblarini berish topshirildi.

Mutasaddilar va barcha viloyatlar hokimlariga bir oy muddatda konsultantlarni jalb qilib, hududidagi eng xavfli yo`l va chorrahalarda tartib o`rnatish loyihasini boshlashga ko`rsatma berildi. 

    Boshqa yangiliklar