Uyushmagan yoshlar bilan yagona yondashuv asosida ishlashni yo`lga qo`yish maqsadida Idoralararo kengash va hududiy kengashlar tashkil qilinishi belgilandi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kengash uyushmagan yoshlarning yagona elektron bazasini shakllantiradi hamda ular bilan manzilli ishlash dasturlarini amalga oshiradi.
“Voyaga etmaganlar bilan ijtimoiy-huquqiy ishlash klasteri”ni joriy etishga topshiriq berildi.
Bunda, “oila – mahalla – maktab - mustaqil hayot” tamoyili asosida har bir tarbiyasi og`ir o`smirlar bilan yakka tartibda ishlash bo`yicha yangi tizim yo`lga qo`yiladi.
Umuman, yoshlar o`rtasidagi jinoyatlarni keskin kamaytirish bo`yicha har bir viloyat, tuman va shahar hokimining o`zi shug`ullanib, o`zgarish qilishi shartligi ko`rsatib o`tildi.
28.07.2023 17:03
Voyaga etmaganlar bilan ijtimoiy-huquqiy ishlash klasteri joriy etiladi






