AsosiyJamiyat

Jinoyat qilgan shaxslarning har uchinchisini yoshlar tashkil qilmoqda

'Jinoyat qilgan shaxslarning har uchinchisini yoshlar tashkil qilmoqda'ning rasmi

Prezident yig`ilishda jinoyat qilgan shaxslarning har uchinchisini yoshlar tashkil qilayotgani ta`kidlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 32 foizi o`g`rilik va firibgarlik hisoblanadi.

Ushbu toifadagi jinoyatlarning eng ko`pi Toshkent shahri va Farg`ona viloyatida qayd qilingan.

Yoshlar jinoyatining har ettinchisi guruh tarkibida sodir qilingan, 1 ming 100 nafar yoshlar takroran 
jinoyatga qo`l urgan.

“E`tibor bering, yoshlar jinoyatchiligining katta qismi nazoratsiz qolgan voyaga etmaganlar tomonidan sodir qilinmoqda

Eng achinarlisi, voyaga etmaganlar ichida o`ta og`ir jinoyat sodir etganlari ham bor”, - dedi davlat rahbari.

Bu borada viloyatda ham, respublikada ham eng yomon ahvol Qo`qon shahrida ekani ko`rsatib o`tildi.

 

    Boshqa yangiliklar