Toshkent viloyatida chiqindilarni yoqaman deb o`zini yoqib yubordi. Bu haqda "Millar" dasturida aytildi.
Aytilishicha, ayol uyining hamma joyini saranjom-sarishta qilib, chiqindilarni bir joyga to`plagan. Chiqindi yaxshiroq yonishi uchun unga ko`proq miqdorda yoqilg`i ham quygan. Chiqindilarni yoqqanda engil shamol ko`tarilib, olovni ayol tomonga buradi va natijada ayol alanga ichida qolgan.
Shifokor ayolning hozirgi holati haqida ma`lumot berdi:
"Ayol tanasining 75 foizi kuygan. Og`ir ahvolda shifoxonaga keltirildi. Birinchi tez-tibbiy yordam ko`rsatdik. Hozir ayol nazoratimizda. Bemorning ahvoli og`ir", - deydi shifokor.






