AsosiyJamiyat

Farg`ona viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

'Farg`ona viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi'ning rasmi

Azizbek Ikramov Farg`ona viloyati IIB boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Ichki ishlar vaziri o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Prezident boshchiligidagi yig`ilishda faoliyatida yo`l qo`ygan kamchiliklar uchun viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i M.Jo`raev lavozimidan ozod etilgan edi.

Shuningdek, hududida ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun Farg`ona viloyat hokimining birinchi o`rinbosari A.Urinboev, viloyat soliq boshqarmasi boshlig`i A.Tillavoldiev, Rishton tumani hokimi S.Soliev, Marg`ilon shahar hokimi A.Ziyavitdinov va soliq boshlig`i T.Xusanov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

    Boshqa yangiliklar