Prezident raisligidagi yig`ilishda Davlat rahbari Beshariq tumanidagi imkoniyatlarni ham ishga solish yo`llarini ko`rsatib o`tdi.
Beshariqni Tojikistonning So`g`d viloyati bilan bog`lovchi ko`prikdagi ishlar yakuniga etkazilsa (qurilish ishlari 70 foiz bajarilgan), yo`l 5 barobarga qisqaradi. Natijada Beshariq Tojikistonning 500 ming aholisi uchun tranzit hududga aylanadi.
Bu Beshariqda kamida 40 million dollarlik servis, savdo, sayyohlik va tibbiyot turizmi ob`ektlarini barpo qilish uchun katta imkoniyat.
Shuningdek, tumandan o`tuvchi magistral avtomobil yo`li bo`yida savdo va servis ob`ektlarini tashkil qilib, kamida 500 nafar aholini daromadli qilish bo`yicha jami 8 million dollarlik 60 ta loyiha tashabbuskorlari aniqlangan.
Sariqamish ko`lida ekoturizm maskanlarini barpo qilish, ovchilik turizmini yo`lga qo`yish uchun tadbirkorlar 10 million dollar investisiya kiritish taklifini bildirgan. Shu orqali Sariqamish ko`li atrofiga har yili 50 ming nafar sayyohni jalb qilib, turizm xizmatlaridan qo`shimcha 5 million dollar daromad topish mumkin.
Tumandagi 6 ta mahallada joylashgan sobiq mineral o`g`it saqlash omborlari negizida tadbirkorlar 21 million dollar investisiya kiritish hisobidan
meva-sabzavotni saqlash va qayta ishlashni yo`lga qo`yish tashabbusini bildirgan.






