AsosiyDunyo

YuNESKO maktablarda telefonlardan foydalanishni taqiqlashga chaqirdi

'YuNESKO maktablarda telefonlardan foydalanishni taqiqlashga chaqirdi'ning rasmi

O`quv faoliyatini yaxshilash, sinfdagi buzilishlarning oldini olish va bolalarni kiberbullingdan himoya qilish uchun maktablarda bolalarning mobil telefonlardan foydalanishini taqiqlash kerak, deb yozadi The Guardian YuNESKO hisobotiga tayanib.

Hisobotga ko`ra, smartfonlardan ko`p foydalanish yomon o`quv natijalari bilan bog`liqligi va ekranda ko`p vaqt o`tkazish “o`z-o`zini nazorat qilish va emosional barqarorlikka salbiy ta`sir ko`rsatishi, shuningdek, tashvish va depressiyani kuchaytirishi” haqida dalillar mavjud.

Hisobotda ta`kidlanishicha, umuman raqamli texnologiyalar, jumladan, sun`iy intellekt ta`limda “insonga yo`naltirilgan yondashuv”ga bo`ysunishi va talabalar va o`qituvchilar o`rtasidagi yuzma-yuz muloqot o`rnini bosmasligi kerak.

YuNESKO Bosh direktori Odri Azule: “Onlayn muloqot insonlar o`rtasidagi muloqot o`rnini bosa olmaydi”, dedi. 

YuNESKO o`quvchilarning maktabda va uyda raqamli texnologiyalardan, xususan, smartfon, planshet va kompyuterlardan haddan tashqari va nomutanosib foydalanishi ularni ishdan chalg`itishi va ta`lim sifatiga “zararli ta`sir”ga olib kelishi mumkinligini ta`kidladi.

Shu bilan birga, tashkilot zamonaviy texnologiyalar ushbu salbiy omillarga qaramay, millionlab odamlarga ta`lim olish imkoniyatini taqdim etishini tan oldi. Xususan, YuNESKO ma`lumotlariga ko`ra, pandemiya davrida onlayn ta`lim maktablar va universitetlarning cheklov choralari ostida ishlashda davom etishiga yordam berdi.

YuNESKO 200 ta davlatdagi ta`lim tizimlari tahlilini o`tkazdi. Tashkilot bahosiga ko`ra, har olti mamlakatdan faqat bittasi maktabda telefondan foydalanishni taqiqlagan.

    Boshqa yangiliklar