AsosiyDunyo

Ekvador qamoqxonalarida ommaviy tartibsizliklar sabab 31 nafar mahbus halok bo`ldi, 120 soqchi asirga olindi

'Ekvador qamoqxonalarida ommaviy tartibsizliklar sabab 31 nafar mahbus halok bo`ldi, 120 soqchi asirga olindi'ning rasmi

Ekvador qamoqxonalarida ommaviy tartibsizliklar bo`lib o`tdi - 31 mahbus o`ldirildi, 120 nafar qamoqxona qo`riqchisi asirga olindi. Bu haqda Aljazeera xabar bermoqda.

To`qnashuvlar 23 iyul, shanba kuni mamlakatdagi eng xavfli qamoqxonalardan birida Guayakil shahridagi Penitenciaría del Litoral qamoqxonasida boshlangan. Mahbuslar hatto o`qotar qurol va portlovchi moslamalardan foydalangan.

Bundan tashqari, yana 13 ta qamoqxonada tartibsizliklar bo`lib o`tdi – u erda 120 nafar huquq-tartibot idorasi xodimi asirga olindi, mahbuslar esa sanitariya sharoitini yaxshilash va oziq-ovqat bilan ta`minlashni talab qilib, ochlik e`lon qilishdi.

Bunga javoban Ekvador prezidenti Gilermo Lasso mamlakat qamoqxonalarida 60 kunlik favqulodda holat e`lon qildi va qurolli kuchlarga hibsxonalar ustidan nazoratni tiklashni buyurdi.

Shunday qilib, 25 iyul, seshanba kuni 2700 ga yaqin askar Ekvadordagi qamoqxonaga bostirib kirdi. Hukumat 5600 dan ortiq mahbuslar istiqomat qiladigan Guayas 1 ustidan "to`liq nazorat" o`rnatganini aytdi. Garovga olingan soqchilar ham ozod qilindi.

Mamlakat Bosh prokuraturasi ikkita ish qo`zg`atgan, ulardan biri terrorizm fakti bo`yicha.

Penitenciaría del Litoralda tartibsizliklar tez-tez sodir bo`ladi. 2021 yilda u erda 119 nafar mahbus halok bo`lgan, 2023 yil aprelida esa 12 nafari yana uch nafari jarohatlangan.

 

    Boshqa yangiliklar