Rossiyada ishlayotgan o`zbekistonliklarning 278 ming rubl ish haqi undirib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 17 iyul kuni 9 nafar o`zbekistonlik Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi negizidagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va ularga huquqiy ko`maklashish markaziga oylik maoshini undirib berishda amaliy yordam so`rab, murojaat qilgan.
Markaz xodimlari ish beruvchi tashkilot – “Si Ar Si Si Rus” rahbariyati bilan o`tkazgan muzokaralari natijasida yurtdoshlarimizning 278 ming rubl miqdoridagi oylik maoshi to`liq undirib berildi hamda ularning bank kartalariga o`tkazildi.






