Bugun, O`zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari o`rtasida videokonferenaloqa shaklida muzokaralar bo`lib o`tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma`lum qildi.
Uchrashuvda joriy yil avgust oyida Ashxobod shahrida bo`lib o`tadigan O`zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlarining Sammitiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish masalalari muhokama qilindi.
Vazirlar bo`lajak yig`ilishning dasturi loyihasi, kun tartibi, shuningdek, Sammitning yakuniy hujjati loyihasini muhokama qilgan.
Shu ma`noda, vazirlar mintaqaviy hamkorlikning ustuvor jihatlari yuzasidan fikr almashgan.






