AsosiyDunyo

6 oyda O`n mingga yaqin o`zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi

'6 oyda O`n mingga yaqin o`zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi'ning rasmi

2023 yilning yanvar-iyun oylarida 205 mingdan ortiq xorijlik Rossiya fuqaroligini olgan. Bu 2022 yilning shu davriga nisbatan 38,2 ming kishiga kam. Bu haqda "Zamon.uz" xabar bermoqda.

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, Rossiya fuqaroligini olishda Tojikiston fuqarolari etakchilik qilmoqda — 87 ming, ikkinchi o`rinda Ukraina fuqarolari – 39 ming, Armaniston esa uchinchi o`rinda – deyarli 18 ming. 

Keyingi o`rinlarda Qozog`iston (13 876), Qirg`iziston (10 500), O`zbekiston (9 ming 340) va Ozarbayjon (7 ming 457).

    Boshqa yangiliklar