AsosiyJamiyat

Andijon viloyati IIBning sobiq xodimlariga jinoyat ishi qo`zg`atildi. Sababi...

'Andijon viloyati IIBning sobiq xodimlariga jinoyat ishi qo`zg`atildi. Sababi...'ning rasmi

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi sobiq mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda. 

Aniqlanishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro M.M. va boshqalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK ning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari olib borilgan.

Xususan, tergovda fuqaro M.M. va boshqalar tomonidan viloyat IIB depozit hisobidagi jami 5,6 mlrd. so`mlik pul mablag`i o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Tergov natijasiga ko`ra, viloyat IIB Moliya ta`minot xizmati boshlig`i o`rinbosari M.M., buxgalteriya hisobi va hisobot bo`limi sobiq boshlig`i D.A., IIB MTX sobiq xodimi Sh.M., MIB Andijon shahar bo`limi sobiq ijrochisi Sh.A. ga nisbatan JK ning 167-moddasi 3-qismi “a” “g” bandlari va boshqa moddalari bilan ayblov e`lon qilingan, ayblanuvchilarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Ayblanuvchilarning aybi jinoyat ishi bo`yicha to`plangan dalillar yig`indisi bilan o`z tasdig`ini topgan va jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilib, xozirda sud muhokamasi o`tkazilmoqda.                                                                

    Boshqa yangiliklar