Farg`ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning boshqa ishga o`tayotgani haqida xabar tarqlmoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati rasmiy axborot taqdim etdi.
"Tarqalgan xabarlar asossiz. Ijtimoiy tarmoqlardagi kanal va sahifalarda bunday asoslanmagan axborotni tarqatmaslik so`raladi. Viloyat rahbari o`z faoliyatini odatiy rejimda davom ettirmoqda. Keng jamoatchilikdan hech qanday asosga ega bo`lmagan, turli taxmin va talqinlardan iborat xabarlarga ishonmaslikni so`rab qolamiz", - deyiladi rasmiy xabarda.






