Hukumatparast Rossiya ommaviy axborot vositalari endi Vladimir Putin davrida tug`ilish inqirozini yorita olmaydi, deb xabar bermoqda Zamon.uz. Nashrga yaqin manbalarning fikricha, hatto ”Rosstat“ statistikasini ham salbiy tarzda yoritish taqiqlangan.
Taqiq so`nggi oyda ayniqsa qattiqlashdi, deydi manbalardan biri — masalan, tug`ilish darajasini qattiqroq senzura qilish bo`yicha qo`shimcha ko`rsatmalar olingan. Cheklov haqidagi qaror Putin va sog`liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoning 12 iyul kuni bo`lib o`tgan uchrashuvidan so`ng qabul qilingan. Shundan so`ng, Murashko ayollar huquqlarini cheklash haqida bir qator bayonotlar berdi: u tibbiy ”abort” uchun dori-darmonlarni sotishni cheklashni talab qildi va dorixonalar va shifoxonalarda ular ustidan nazoratni kuchaytirishni hamda xususiy klinikalarda ”abort”ni taqiqlashga tayyorligini e`lon qildi.
Bundan tashqari, Murashko ta`lim olish va shaxsiy rivojlanish istagida bo`lgan, lekin farzand ko`rmaydigan ayollarni tanqid qildi.
Nashrning qayd etishicha, urush va safarbarlik tufayli rossiyaliklar migrasiyasining sezilarli to`lqini fonida, ”Rosstat” ham Putin davrida tug`ilishning eng past darajaga tushib ketganini qayd etgan. Unga ko`ra, hozirda tug`ilishning nisbiy koeffisienti 2023 yilning birinchi yarmida 1000 kishiga 8,5 bolani tashkil etdi. Bu ko`rsatkich faqat 1999 yilda pastroq bo`lib, 1000 kishiga 8,3 bolaga tushgan.
Ushb qarorlar fonida Rossiya Sog`liqni saqlash vazirligi mamlakatni yo`q bo`lib ketishdan qutqarish uchun favqulodda choralar ko`rishni taklif qildi. Xususan, ayollarning farzand ko`rishning o`rtacha yoshini qisqartirish, shuningdek, ”abort”ga cheklov qo`yish ham ko`zda tutilgan.
Biroq, boshqa mamlakatlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, ”abort”ni cheklash tug`ilishga ta`sir qilmaydi — ayollar shunchaki o`zlarini yaxshiroq himoya qila boshlaydilar yoki taqiqlarga qarshi yo`llarni topadilar, deydi ekspertlar.






