Qirg`izistonda elektr energiyasi tanqisligi sababli uch yil muddatga energetika sohasida favqulodda holat joriy etiladi. Bu haqda prezident Sadir Japarov matbuot xizmati xabar berdi.
Matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, inqiroz Norin daryosi havzasidagi suv oqimining pastligi va energiya iste`molining tez sur`atlar bilan o`sib borayotgani sharoitida ishlab chiqarish quvvatlarining etishmasligi bilan bog`liq.
Hukumat bir hafta muddatda Energetika vazirligiga qayta tiklanadigan energetika ob`ektlari uchun er uchastkalarini belgilash va ajratish huquqini berish qayd etilgan.
Aprel oyida Qirg`iziston hukumati rahbari Oqilbek Japarov 2022 yilda mamlakat energetika sanoatini rivojlantirish uchun 176 million dollarga yaqin mablag` ajratilgani haqida ma`lum qilgandi, ishlab chiqarish quvvati etishmasligi sababli Qirg`iziston har yili qo`shni respublikalardan elektr energiyasi sotib olishga majbur bo`lmoqda.






