AsosiyDunyo

Rossiyada o`zbekistonlik yigit avohalokatga uchrab, vafot etdi

'Rossiyada o`zbekistonlik yigit avohalokatga uchrab, vafot etdi'ning rasmi

Shlisselburgda velosiped haydab ketayotgan 30 yoshli O`zbekiston fuqarosini mashina urib ketdi. Bu haqda 78.ru sayti xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, soat 8lar atrofida Krasniy prospektidagi 2-uyda 30 yoshli erkak Honda rusumli avtomashinani haydab ketayotib, yo`l chetida velosiped haydab ketayotgan 30 yoshli O`zbekiston fuqarosini urib yubordi. Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Haydovchi mast holatda ekanligi aniqlandi. U avvalroq ham yo`l harakati qoidalarini buzganligi uchun ma`muriy javobgarlikka tortilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

 

    Boshqa yangiliklar