AsosiyDunyo

Rossiyaning Odessani o`qqa tutishi natijasida bir fuqaro halok bo`ldi, 18 kishi yaralandi (video)

'Rossiyaning Odessani o`qqa tutishi natijasida bir fuqaro halok bo`ldi, 18 kishi yaralandi (video)'ning rasmi

Rossiya qo`shinlarining Odessani o`qqa tutishi natijasida bir fuqaro halok bo`ldi, 18 kishi yaralandi. Bu haqda viloyat harbiy boshqarmasi boshlig`i Oleg Kiper xabar berdi.

“Odessada soat 03:00 holatiga ko`ra, qurbonlar soni 18 nafar, ulardan 4 nafari bola. Shahar shifoxonalariga 14 kishi yotqizildi, ulardan uch nafari bolalar”, — deb yozdi u Telegramdagi kanalida.

Shaharda fuqarolik infratuzilmasi, turar-joy binolari va cherkovga zarar vayron bo`lgan. 

Ukraina pravoslav cherkoviga (Moskva Patriarxiyasi) tegishli bo`lgan sobor Odessaning tarixiy markazida joylashgan va YuNESKO himoyasida. U XVIII asrda barpo etilgan, ammo Sovet hokimiyati davrida vayron qilingan. SSSR parchalanganidan so`ng, sobor qayta qurilgan.

    Boshqa yangiliklar