AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda tadbirkor Qizil kitobga kiritilgan o`simlikni kesib tashlagani aniqlandi

'Qashqadaryoda tadbirkor Qizil kitobga kiritilgan o`simlikni kesib tashlagani aniqlandi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida tuman Ekologiya bo`limi ishchi guruhi tomonidan tezkor reyd tadbiri o`tkazildi. Reyd davomida tadbirkorlik subekti tomonidan "Torqopchig`oy" massivi o`rmon xo`jaligi hududida 2532 ta tojik kavragi o`simligiga zarar etkazilganligi, ildiz qismlari kavlanib, kesilganligi aniqlandi. Bu haqda EKO Vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Holat natijasida o`simlik dunyosiga jami 1 mlrd 253 ming so`m zarar etkazilgan. Ma`lumot uchun, tojik kavragi O`zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar to`planib, prokuraturaga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar