Ijtimoiy tarmoqlarda Quyi Chirchiqda chopiqchilarga uch oydan buyon ish haqlari berimayotgani sababli ishchilar haqini talab qilib, norozilik bildirishgani aks etgan video tarqaldi.
Tuman hokimligi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 2023 yil 5 iyulda MChJni dala ishchilari va idora xodimlari o`rtasida tushunmovchilik bo`lgan. Sababi, 2023 yilning may oyliklari korxonaning qiyin iqtisodiy ahvolda qolganligi uchun ayrim ishchilarga ish haqlari kechikkan.
Ayni paytda muammolar bartaraf qilingan. 2023 yilning may oyi ish haqlari ishchi xodimlarga to`liq to`lab berilgan. Hokimlik iyun oyi ish haqlari 2023 yil 25 iyulga qadar to`lab berilishini kafolatlamoqda.






