"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha o`rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi, harorat 35-38 daraja, janubda 40-42 daraja bo`ladi. Respublika hududining katta qismida havo quyoshli bo`ladi, faqat Farg`ona vodiysining tog`li hududlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin.
Dam olish kunlari havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati biroz ko`tariladi. Kunduz kunlari harorat 37-40 daraja atrofida, janubda va cho`l hududlarda 41-43 darajagacha bo`ladi.
Keyingi hafta davomida O`zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi kuchayadi va havo harorati yana 1-2 darajaga ko`tariladi.
Poytaxtda: 21-23 iyul kunlarihavo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat bugun 36-38 daraja, shanba va yakshanba kunlari 38-40 daraja bo`ladi.






