Xitoyda bo`lib turgan Murodjon Azimov “JAC Motors” kompaniyasi faoliyati bilan tanishib, ushbu kompaniya ishlab chiqarayotgan an`anaviy yoki elektromobillarni Qarshi shahrida ham ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish borasida muzokaralar olib bordi.
Ma`lum qilinishicha, hozirda viloyatda engil avtomobil ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo`yicha ishlar ketmoqda. Davlatz rahbari tomonidan ham Qarshi shahrida ana`naviy yoki elektrda harakatlanadigan avtotransport vositalarini ishlab chiqarish topshirig`i berilgan.
Ma`lumot o`rnida: “JAC Motors” kompaniyasi Xitoy avto ishlab chiqaruvchilari orasida o`ziga xos nufuzga ega. Kompaniya avtomibillari jahonning 60 dan ortiq davlatlarida eksport qilinmoqda.






