Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda maktab direktori o`quvchi qiz ro`mol o`rab kelgani sabab uni haqoratli so`zlar bilan so`kkani aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab bo`ldi.
Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi Axborot xizmatining xabar qilishicha, nohush holat 2022 yil sentyabr oyida Mingbuloq tumanidagi 43-umumiy o`rta ta`lim maktabida sodir bo`lgan. Video esa 2023 yil iyul oyida ijtimoiy tarmoqlarga chiqqanligi aniqlandi.
O`rganish yakuniga ko`ra, maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi bildiriladi.






