Xabaringiz bor, Andijon viloyati Xonobod shahrida 18-20 iyul kunlari "Dunyo sadolari" xalqaro festivali bo`lib o`tadi. Bugun festivalning rasmiy ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, festivalga Chexiya, Balgoriya, Latviya, Polsha, Serbiya, Gruziya, Boshqird`iston, Qozog`iston, Gresiya, Tojikiston kabi davlatlardan mehmonlar tashrif buyurgan
Festival doirasida gastronomik ko`cha tashkil etilgan bo`lib, unda har bir viloyat uchun maxsus joylar ajratilgan.
Ko`chada hilma-xil taomlar bozori sifatida maxsus joylar tashkil qilinib viloyatdan kelgan mohir oshpazlar tomonidan har bir hududning o`ziga xos taomlari tayyorlanmoqda.
Ajratilgan hududlarda viloyat hokimligi, madaniyat va turizm boshqarmalari tomonidan viloyatning madaniyati, san`ati, tarixini aks ettiruvchi maxsus stendlar o`rnatilib pavilonlar tashkil qilindi.






