Soliq qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yil 30 iyun holatiga 197,2 mingta tashkilotning 1 mln nafardan ziyod korxona va tashkilotlarda ishlovchi daromad manbaiga ega bo`lgan ishchi - xodimlarning 1,2 mln ta soliq ob`ekti bo`yicha 521,7 mlrd so`m (mol-mulk solig`i bo`yicha 197,3 mlrd so`m va er solig`i bo`yicha 324,4 mlrd so`m) to`lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.
Qayd etilishicha, shundan:
130,2 mlrd so`m — budjet tashkilotlari xodimlari;
25,8 mlrd so`m — nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;
365,7 mlrd so`m — tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to`g`ri keladi.
Tijorat tashkilotlarining sohalar kesimida mol-mulk va er soliqlari bo`yicha qarzdorligi:
sanoat sohasidagi 24,1 mingta tashkilotda ishlovchi 197,7 ming nafar xodimning soliq qarzi 92,8 mlrd so`m;
qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi sohasidagi 59,4 mingta tashkilotda ishlovchi 125 ming nafar xodimning soliq qarzi — 86,7 mlrd so`m;
savdo sohasidagi 46,7 mingta tashkilotda ishlovchi 85,7 ming nafar xodimning soliq qarzi — 56,7 mlrd so`m;
qurilish sohasidagi 11,5 ta tashkilotda ishlovchi 72 ming nafar xodimning soliq qarzi — 44,1 mlrd so`m;
tashish va saqlash sohasidagi 6,1 mingta tashkilotda ishlovchi 47,1 ming nafar xodimning soliq qarzi — 21,5 mlrd so`m;
yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar sohasidagi 10,1 mingta tashkilotda ishlovchi 19,9 ming nafar xodimning soliq qarzi — 13 mlrd so`m;
sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish sohasidagi 4,5 mingta tashkilotda ishlovchi 13 ming nafar xodimning soliq qarzi — 6,5 mlrd so`m;
axborot va aloqa sohasidagi 2,1 mingta tashkilotda ishlovchi 11,6 ming nafar xodimning soliq qarzi — 4,5 mlrd so`m.
Shuningdek, boshqa faoliyat turlari sohasidagi 17,8 mingta tashkilotda ishlovchi 78,5 ming nafar xodimning soliq qarzi — 39,9 mlrd so`mni tashkil etmoqda.






