Andijon viloyatida Labo haydovchisi YPX inspektorini urib, burnini sindirdi.
Bosh prokuratura holat yuzasidan ma`lumotlarni taqdim etdi.
Unga ko`ra, 12 iyul kuni Andijon viloyati IIB JHX YHXB xodimi o`z xizmat vazifasini olib borayotgan vaqtida, 47 yoshli erkak haydovchilik guvohnomasisiz avtomashina boshqargani uchun avtomobillarni vaqtincha saqlash maydonchasiga joylashtirayotgan vaqtda fuqaro K.V. xodimning harakatlariga faol qarshilik ko`rsatib, qo`li bilan xodimning yuz qismiga bir marta urib, tan jarohati etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan K.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksi 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) bilan jinoiy ish qo`zg`atilgan.
Gumon qilinuvchi prosessual tartibda ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llangan.






