Oila va xotin-qizlar qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra,2023 yilning olti oyida 18704 nafar tazyiq va zo`ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderi berilgan.
Himoya orderi berish natijasida 7965 ta oilani yarashtirishga, 9720 ta oilada nizoni bartaraf etishga erishilgan.
Shuningdek, mutaxassisligi bo`yicha 5 yillik mehnat stajiga ega, lekin oliy ma`lumotli bo`lmagan 12 563 nafar xotin-qizlardan arizalar qabul qilindi, belgilangan mezonlar asosida 11 992 nafariga tavsiyanoma berildi.






