Buxoro viloyati G`ijduvon tumanida eshak va mollar so`yilib, qoldiqlari tashlab ketilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, haqiqatan ham G`ijduvon tumani “Qorabog`” MFY hududida eshak va mollar so`yilib, qoldiqlari noma`lum fuqarolar tomonidan tashlab ketilgani aniqlandi. Ushbu holatni bartaraf etish uchun “Maxsusavtoxo`jalik” MChJning maxsus texnikalari jalb qilinib, holat to`liq bartaraf etildi.
Shuningdek, mas`ullar tomonidan “Qorabog`” MFY hududida kuzatuv kameralari o`rnatilishi rejalashtirildi.






