AsosiyJamiyat

Abiturient hujjat topshirishda grantni tanlasa, kontraktda o`qiy olmaydimi?

'Abiturient hujjat topshirishda grantni tanlasa, kontraktda o`qiy olmaydimi?'ning rasmi

Abiturient hujjat topshirishda grantni tanlasa, kontraktda o`qiy olmaydimi?  

Tanlov ustvorligini tanlash — abiturientlar uchun yaratilgan eng qulay imkoniyatlardan biri. Bunda abiturient bilimiga qarab avval grantda o`qish imkoniyatlarini ko`rib chiqadi.  

Qanday qilib tanlash mumkin?

Abiturient OTMga hujjat topshirayotganda 2 xil usuldan birini tanlashi mumkin:

  •  “Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta`lim yo`nalishlarida dastlab davlat granti, so`ngra to`lov-kontrakt asosida;
  •  “Ta`lim yo`nalishi”ni tanlasa — har bir ta`lim yo`nalishida davlat granti va to`lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

 

Tanlov abiturient tanlagan ta`lim yo`nalishlarining qat`iy ketma-ketligi bo`yicha u tanlagan ustuvorlik asosida amalga oshiriladi.

Qisqa aytganda, abiturient 1-usulda eng avval faqat grantga balli etadigan joylarni, 2-usulda esa ham grant, ham kontraktga balli etadigan joylarni tanlagan holda talaba bo`lishi mumkin.  

Masalan, abiturient grant ustuvorligini tanlagan: u Toshkent tibbiyot akademiyasiga kontrakt, Samarqand tibbiyot institutiga esa grant o`qishga kirdi. U grant ustuvorligini tanlagani uchun avtomatik ravishda Samarqand tibbiyot insituti talabasi bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar