Toshkent hayvonot bog`ida Tayfun va Bagiraning farzandi — jajji pantera dunyoga keldi.
Mag`rur qora panteralar — Tayfun va Bagira bir kunda, 2018 yilning 15 iyulida tug`ilgan. 2022 yilda esa Toshkent hayvonot bog`iga olib kelingan.
Ayni damda panteralarga g`amxo`rlik ko`rsatilmoqda. Jajji panteraning ahvoli yaxshi.






