AsosiyDunyo

Qozog`istonda Cobalt va Toyota to`qnashuvi oqibatda 7 kishi halok bo`ldi

'Qozog`istonda Cobalt va Toyota to`qnashuvi oqibatda 7 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Qozog`istonning Atirau viloyatida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida 7 kishi halok bo`ldi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 16 iyul kuni Do`sor–Qulsari–Beyneu avtomobil yo`lining 82-kilometrida sodir bo`lgan. Chevrolet Cobalt avtomobili Toyota Ipsum rusumli avtomashina bilan to`qnashib ketgan. 

Oqibatda ikki mashina ichida bo`lgan etti nafar yo`lovchi voqea joyida vafot etgan. Ikki kishi Jiloy viloyat shifoxonasiga etkazilgan.

Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, ushbu avtomashinalar haydovchilari avval ham tezlikni oshirgani uchun bir necha bor javobgarlikka tortilgan.

    Boshqa yangiliklar