AsosiyJamiyat

O`zbekistonga Misrdan gepatit Sga qarshi yana bir partiya dori keltirildi

'O`zbekistonga Misrdan gepatit Sga qarshi yana bir partiya dori keltirildi'ning rasmi

Shu yil 15 iyulda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan “S” gepatitiga qarshi “Daklatasvir” dori vositasining o`ninchi qismini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga etkazib berdi.

Umumiy hajmi 114 qutida 3 ming donadan ortiq “Daclatasvir-60 mg” dori vositalari O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Qayd etish joizki, Misr gepatit “V” va “S” viruslariga qarshi kurashda dunyo miqyosida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan.

Misr Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotiga ko`ra, mamlakat aholisi ushbu kasallikdan butunlay forig` bo`lgan.

Mutaxassislarning aytishicha, Misr hukumati mazkur yutuqlarga erishish uchun «100 million sog`lom hayot» milliy dasturni ishlab chiqib, uni muvaffaqiyatli amalga oshiryapti. Bunda asosiy e`tibor dunyoning mashhur farmasevtika kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o`rnatish va kengaytirishga qaratilgan.

    Boshqa yangiliklar