AsosiyJamiyat

Toshkent-Ostona-Toshkent yo`nalishidagi parvozlar jadvaliga 8 avgustga qadar majburiy o`zgartirish kiritildi

'Toshkent-Ostona-Toshkent yo`nalishidagi parvozlar jadvaliga 8 avgustga qadar majburiy o`zgartirish kiritildi'ning rasmi

Ostona xalqaro aeroportining uchish-qo`nish yo`lagi ta`mirlash ishlari munosabati bilan, "Uzbekistan Airways"ning Toshkent-Ostona va Ostona-Toshkent yo`nalishlari bo`yicha parvozlar jadvalida majburiy o`zgartirish bo`ladi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 8 avgustga qadar Toshkent-Ostona-Toshkent yo`nalishida qatnovlar quyidagi jadval bo`yicha amalga oshiriladi:

Dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari:  

Toshkentdan uchish: 19:30 (Toshkent vaqti bilan)  

Ostonaga etib kelish: 22:30 (Ostona vaqti bilan)  

Ostonadan uchish: 23:35 (Ostona vaqti bilan)  

Toshkentga etib kelish: 00:35 (Toshkent vaqti bilan).

Juma kunlari esa:  

Toshkentdan uchish: 06:55 (Toshkent vaqti bilan)  

Ostonaga etib kelish: 09:55 (Ostona vaqti bilan)  

Ostonadan uchish: 11:00 (Ostona vaqti bilan)  

Toshkentga etib kelish: 12:00 (Toshkent vaqti bilan).

"Vaqtinchalik noqulayliklarni to`g`ri tushunishingizga umid qilamiz", - deyiladi rasmiy xabarda. 

    Boshqa yangiliklar