AsosiyDunyo

Eronda hijob qoidalariga rioya qilish kuchaytirilmoqda

'Eronda hijob qoidalariga rioya qilish kuchaytirilmoqda'ning rasmi

Eron polisiyasi xodimlari ayollarning hijob o`rash qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish uchun avtomobil va piyoda patrullarini tashkil qilishni boshladi. Bu haqda "interfax" yozdi. 

Ta`kidlainishicha, bunday chora-tadbirlar “jamiyatning ijtimoiy jipsligi va xavfsizligiga” xizmat qilishi kerak.

Endilikda milisiya xodimlari birinchi navbatda ro`mol o`rash me`yorlariga rioya qilishdan bosh tortgan ayollarga tanbeh berib, ularga hijob o`rashni tavsiya etishi shart. Kelgusida huquq-tartibot idoralari xodimlari qonuniy choralar ko`rishlari va qoidabuzarlarni javobgarlikka tortishlari mumkin.

Eron jinoyat kodeksiga ko`ra, hijob o`rash me`yorlariga rioya qilmagan ayollar jarimadan tashqari, 10 kundan 2 oygacha qamoq jazosiga hukm qilinadi. Shuningdek, qoidabuzarlarga ma`muriy choralar ko`rilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar