AsosiyJamiyat

JSST va Akusherlik va ginekologiya markazi mutaxassislari hamkorlik yo`nalishlarini muhokama etdi

'JSST va Akusherlik va ginekologiya markazi mutaxassislari hamkorlik yo`nalishlarini muhokama etdi'ning rasmi

JSST O`zbekiston sog`liqni saqlash tizimining onalik va bolalikni muhofaza etish sohasida sog`liqni saqlash, perinatal parvarish yo`nalishida faol ish olib borishni davom ettiryapti. Bu haqda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xabar qildi. 

14 iyulda Respublika Akusherlik vaginekologiya markazida JSST vakillari bilan bo`lib o`tgan uchrashuv mazkur mavzuni muhokama etishga bag`ishlangandi. 

Uchrashuv qatnashchilarining diqqat markazida homiladorlikni davolash bilan bog`liq barcha amallarning samarali rivojlanishi uchun nimalarga asosiy e`tibor qaratish, buning uchun qanaqangi Klinik protokollar ishlab chiqish kerak, hududlarga eng zamonaviy bilimlarni qanday etkazish kerak — bu va boshqa masalalar uchrashuv qatnashchilarining diqqat markazida edi. 

JSSTning O`zbekistondagi ofis maslahatchisi Nazokat Kasmova ta`kidlaganidek, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi(RIAGIATM DK) mazkur butunjahon tashkiloti bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli ish olib borish bo`yicha katta tajribaga ega. Shunday ekan, JSST yordam qo`lini cho`zishi mumkin bo`lgan onalik va bolalikni muhofaza etish sohasini, perinatal tibbiyotni rivojlantirishning bugungi kunda eng dolzarb yo`nalishlari haqida Markaz rahbariyati va mutaxassislarining ekspert fikri zarur. 

Akusherlik va ginekologiya markazi tomonidan ishalb chiqilgan Klinik protokollar o`ziga isbotlangan tibbiyotning yangi paydo bo`lgan ma`lumotlarini qo`shib olgan eng ma`qullardan biri sanaladi, deb ta`kidladi jahon sog`liqni saqlash tashkilotining hududiy ofisi mutaxassisi Oleg Kuzmenko. 

Mutaxassislar yangi protokollarni ishlab chiqish, hamda mavjudlarini yangilash bo`yicha kelgusidagi ishlarni muhokama qildilar. Chunki har bir tibbiyot xodimi uchun zarur bo`lgan ushbu rahbarlik uchun qo`llanma har doim dolzarbligini saqlab qolishi kerak, hamda JSSTning yangi ma`lumotlari va tavsiyalarini inobatga olishi kerak bo`ladi.

Butun mamlakat bo`ylab akusherlar va ginekologlar uchun tizimli ravishda kaskad treninglar o`tkazish maqsadida eng faol va malakali mutaxassislardan trenerlar guruhini tuzish uchrashuvning asosiy mavzularidan biri bo`ldi. RIAGIATM DK direktori Natalya Nadirxanova ta`kidlaganidek, bu erda tibbiyot muassasalari rahbariyati a`zolarining roli muhim. Xususan, jarayonga klinikalar Bosh shifokorlari, davolash ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarlari, tug`ruqxonalarning bo`linma mudirlari jalb etilishi kerak. 

«Ya`ni, birinchi navbatda sog`liqni saqlash tizimi siyosatchilari bo`lishi kerak», — deb hisoblaydi Akusherlik va ginekologiya markazi rahbari.

Muhokama ishtirokchilari, shuningdek, yangi bilimlarni berish jarayonining barqarorligini ta`minlash uchun trenerlar guruhiga hududlarda eng zamonaviy bilimlar va ko`nikmalarni ilgari surishdan manfaatdor bo`lgan va jiddiy sinovlardan o`tgan amaliyot-shifokorlarni jalb etish zarurligini ta`kidladi.   

Doimiy o`quv aholiga sifatli tibbiy xizmat ko`rsatishning bevosita sharti sifatida sog`liqni saqlash tizimi islohotining, klinik protokollarga so`zsiz rioya etishning boshida turadi. Bu esa davolashda xatoga yo`l qo`ymaslik, polipragmaziya, ya`ni bemorga oriqcha dori vositalarini tavsiya etishdan voz kechishga olib keladi. Uchrashuv qatnashchilari shular haqida so`z yuritar ekan, eng zamonaviy uskunalar ham ulardan foydalanishni biladigan yuqori malakali mutaxassislar bo`lmasa, tekshirish va davolashda samara bermasligini ta`kidladi.  

Uchrashuv so`ngida onalik va bolalikni muhofaza etish, perinatal tibbiyot sohasida davom etayotgan va yana rivojlanadigan ijobiy o`zgarishlarning barqarorligini ta`minlashda yordam beradigan bir qator yo`nalishlar belgilandi. Ushbu yo`nalishlar Jahon sog`liqni saqlash va boshqa xalqaro tashkilotlar ko`magida amalga oshiriladi. 

 

    Boshqa yangiliklar