AsosiyDunyo

Janubiy Koreyada suv toshqinlari va ko`chkilar oqibatida kamida 32 kishi halok bo`ldi

'Janubiy Koreyada suv toshqinlari va ko`chkilar oqibatida kamida 32 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Bugun ertalabki holatga ko`ra, Janubiy Koreyada kuchli yomg`ir sababli yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko`chkilar oqibatida kamida 32 kishi halok bo`ldi, 10 nafardan ortiq inson bedarak yo`qoldi hamda minglab odamlar xavfsiz joylarga ko`chirildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

«Yonhap» ma`lumotiga ko`ra, o`lim holatlarining aksariyati Shimoliy Kyonsang viloyatida qayd etilgan bo`lib, bu erda 17 kishi asosan ko`chkilar va turar-joy binolarining qulashi oqibatida nobud bo`lgan va to`qqiz nafar inson bedarak yo`qolgan.

Bugun ertalabki soat 6 dagi holatga ko`ra, 13 ta shahar va viloyatda yashab kelgan 7 ming 540 nafar kishi o`z uylaridan xavfsiz joylarga ko`chirilgan. Mamlakatda 211 ta yo`l yopilgan. Mustasno o`laroq, tezyurar poezdlar ba`zi hududlarda harakatni davom ettirgan bo`lsa-da, tabiiy ofat zonasidagi barcha poezdlar harakati to`xtatilgan.

Janubiy Koreya ob-havo agentligi yaqin kunlarda kutilayotgan kuchli yomg`ir haqida ogohlantirmoqda.

O`zbekistonning Seuldagi Elchixonasiga ko`ra, o`lganlar va jarohatlanganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari yo`q. Vaziyat O`zbekiston diplomatlari nazorati ostida.

    Boshqa yangiliklar