15 iyul kuni Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumani "Do`stlik" mahallasi hududidan oqib o`tuvchi "Zang" kanaliga yuk mashinasi tushib ketganligi to`g`risida FVBga xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari etib borib, maxsus asbob-anjomlar va texnikalar yordamida yuk mashinasi kanaldan chiqarib olgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.






