Farg`ona viloyatida 6 oy davomida 18 mlrd so`mdam ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Energetika vazirligining xabar berishicha, joriy yilning 6 oyi davomida Farg`ona viloyati bo`yicha jami 3 549 ta holatda iste`molchilar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan bo`lib, mazkur holatlar uchun 18 mlrd 570 mln so`m miqdorida qayta hisob-kitob ishlari bajarilgan.
Shundan, aholi iste`molchilari tomonidan 2 326 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan, ushbu noqonuniy holatlar yuzasidan umumiy 5 mlrd 701,3 mln so`m qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, ulgurji iste`molchilar tomonidan 1 223 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, umumiy hisobda 12 mlrd 869 mln so`mga qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan. Eng ko`p noqonuniy holatlar Qo`qon va Marg`ilon shaharlari, Beshariq, Buvayda, Bog`dod hamda Uchko`prik tumanlari hissasiga to`g`ri keladi.
O`tkazilayotgan tadbirlar davomida joylarda aniqlangan qoidabuzarlik holatlari yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, vaqtincha elektr tarmog`idan ajratilmoqda.






