Iordaniyaning Amman shahrida sport kurashlari bo`yicha U-15 va U-20 yosh toifalarida Osiyo chempionati bo`lib o`tmoqda. Ayni paytgacha 15 yoshgacha bo`lgan kadetlar bahsi yakuniga etdi. Unda O`zbekiston terma jamoasi vakillari 1 ta oltin, 6 ta kumush va 11 ta bronza medallarini qo`lga kiritishdi. Bu haqda MOQ Axborot xizmati xabar berdi. Bugundan 20 yoshgacha bo`lgan polvonlar bahsi boshlanadi.
Kadetlar toifasida g`olib va sovrindor bo`lgan o`zbekistonlik sportchilar bilan tanishing:
Oltin medal:
-48 kg: Ulug`bek Rashidov (erkin kurash)
Kumush medal:
-38 kg: Jahongir To`lqinov (erkin kurash)
-85 kg: Behruz Bahodirov (erkin kurash)
-52 kg: Ovezdurdi Saparmuratov (yunon-rum kurashi)
-39 kg: Shohista Shonazarova (qizlar kurashi)
-54 kg: Munisa Mingyasharova (qizlar kurashi)
-66 kg: Muhayyo Rahimjonova (qizlar kurashi)
Bronza medal:
-62 kg: Farruhbek Jumanazarov (erkin kurash)
-68 kg: Jafar Jalilov (erkin kurash)
-75 kg: Bunyod Rufatov (erkin kurash)
-38 kg: Abdushukur Nurgeldiev (yunon-rum kurashi)
-41 kg: Abbos Omonboev (yunon-rum kurashi)
-48 kg: Shohjahon Eshmirzaev (yunon-rum kurashi)
-57 kg: Azizbek Barlikbaev (yunon-rum kurashi)
-62 kg: Og`abek Askaraliev (yunon-rum kurashi)
-68 kg: Behruzbek Valiev (yunon-rum kurashi)
-85 kg: Sayidamir Ne`matov (yunon-rum kurashi)
-62 kg: Laylo Orazboeva (qizlar kurashi)






