Bugun, 15 iyul kunidan boshlab Oliy ta`lim muassalarida o`qishni ko`chirish jarayonlari boshlandi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o`qishni ko`chirish uchun arizalar joriy yilning 5 avgustiga qadar davom etadi. Arizalar quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:
- transfer.edu.uz – davlat OTMning biridan boshqasiga;
- my.uzbmb.uz – xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
Ma`lumot o`rnida, O`zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko`chirish uchun faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
Talaba turmushga chiqsa, turmush o`rtog`ining yashash joyidagi OTMga;
Davlat xizmatchisining ish joyi o`zgarganda farzandi yoki turmush o`rtog`i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o`qishini ko`chirishi mumkin.
Shuningdek, O`zbekistonning o`zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o`tish uchun imtihon topshiradi.
O`tish ballini to`plolmaganlar “super-kontrakt” bilan qabul qilinishi mumkin.
Abiturientlarga o`qishga kirishda beriladigan imtiyozlar “perevod”chilar uchun amal qilmaydi






