AsosiyJamiyat

18 yoshga to`lmaganlarga taqiqlangan ishlar ro`yxati tasdiqlandi

'18 yoshga to`lmaganlarga taqiqlangan ishlar ro`yxati tasdiqlandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan O`n sakkiz yoshga to`lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og`ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro`yxati tasdiqlandi.

Ro`yxatga ko`ra, quyidagi ishlarda 18 yoshga to`lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish taqiqlanadi, jumladan:

  • Ko`mirni boyitish apparatchisi;
  • Qimmatbaho metallar ishlab chiqarish apparatchisi;
  • Er osti kon ishchisi;
  • Tarkibida olmos bo`lgan konsentratlarni me`yoriga etkazuvchi;
  • Qora metallar ishlab chiqarish nazoratchisi;
  • Olmoslar va o`ta qattiq materiallarni silliqlovchi;
  • Issiqlik tarmog`idagi uskunalarni ta`mirlash bo`yicha chilangar;
  • Neft va gaz qazib olish bo`yicha operator;
  • Gaz taqsimlash stansiyasi operatori;
  • Tibbiy preparatlarni dozalovchi;
  • Tibbiy mahsulotlarni taxlovchi;
  • Yuqori chastotali tok qurilmalarida payvandchi;
  • Gipsni qizdiruvchi;
  • Asfaltbetonchi;
  • Novvoy;
  • Xamir qoruvchi;
  • Go`sht mahsulotlarini kesuvchi;
  • Muzqaymoq tayyorlovchi;
  • Naqqosh;
  • Yo`lovchi tashuvchi poezd mexanigi-brigadiri;
  • Tez tibbiy yordam stansiyalarining navbatchi tibbiyot xodimi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar