AsosiyJamiyat

"Cobalt" haydovchisi Namangandan Farg`onaga "kapot"da odam tashidi

'"Cobalt" haydovchisi Namangandan Farg`onaga "kapot"da odam tashidi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Cobalt" haydovchisi mashinasining yuk xonasida odam tashiyotgani aks etgan video tarqaldi. YHXX xabariga ko`ra, haydovchining shaxsi aniqlangan. 

Farg`ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan holat o`rganilib, haydovchiga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 128-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

"8 iyul kuni Namangandan Farg`onaga kelayotganimda odam ko`payib ketgani sabab ikki kishini "kapot"ga solib keldim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Bunday holat boshqa takrorlanmaydi", deydi haydovchi.

    Boshqa yangiliklar