Biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistonda mashhur klipmeyker Narimon Sultonxo`jaevning sobiq rafiqasi M.Sultanxodjaevaning “Uch bolam bilan ko`chada qoldirdi” degan mazmundagi video xabarlari tarqalgani va vaziyatga MIBning munosabatini bergan edik.
Klipmeykerning sobiq turmush urtog`i ommaviy videomurojaatidan so`ng vaziyat yanada chigallashgani haqida o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali gapirib berdi.
Uning aytishicha, birinchi video ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingach, M.Sultanxodjaevaning sobiq turmush urtog`i, qaynota va qaynonasi uni sudga bergan.
Shuningdek, klipmeykerning sobiq rafiqasi unga va bolalariga sud tomonidan qonuniy ajratib berilgan uyga borganda Narimon Sultonxo`jaevning hozirgi kunda yashab kelayotgan homilador ayoli M.Sultanxodjaevani urib yuzlarini ko`kartirib tashlaganini gapirib berdi.






