Evropaga Sahroi Kabirdan “Serber” nomli antisiklon kirib kelmoqda. Bu rekord darajadagi issiqlik olib keladi. Bu haqda mir24 xabar berdi.
O`rta er dengizidagi havo harorati rekordlarni yangilamoqda. Xususan hozirda ko`pgina hududlarda allaqachon 40 daraja issiq kuzatilmoqda. Ob-havo prognozlariga ko`ra, - Italiyaning Sardiniya va Sisiliya orollari, Gresiya, Ispaniya va Fransiyada havo harorati 50 darajagacha ko`tariladi.
Eng qiyin vaziyat hozir Italiyada. Odamlar ko`chada hushidan ketish holatlari allaqachon mavjud. Ko`plab mahalliy aholi va sayyohlar favvoralar oldida to`planishmoqda.






