AsosiyJamiyat

Keyingi yil Qashqadaryoning 100 yilligi nishonlanadi

'Keyingi yil Qashqadaryoning 100 yilligi nishonlanadi'ning rasmi

2024 yil noyabr oyida Qashqadaryo viloyatining 100 yilligi nishonlanadi. Vazirlar Mahkamasi yubileyni nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risidagi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo`ydi.

Loyihaga ko`ra, Vazirlar Mahkamasi Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat faollari, ijodkor ziyolilar hamda jamoat tashkilotlari vakillarining Qashqadaryo viloyatining 100 yillik yubileyini 2024 yil noyabr oyida Qarshi shahrida keng nishonlash haqidagi takliflarini ma`qullagan.

Loyihada keltirilishicha, bayramni o`tkazish bo`yicha respublika tashkiliy ishchi guruhi tuziladi va:

  • viloyatning 100 yillik yubiley tadbirlarini yuksak saviyada va tashkilotchilik ruhida o`tkazish ta`minlanadi;
  • Qarshi, Shahrisabz shaharlari va tumanlarda bunyod etilgan binolarni ta`mirlash, atroflarini obodonlashtirish, ularni zamonaviy yoritish jihozlari bilan ta`minlash ishlari amalga oshiriladi;
  • viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo`shgan va faol ishtirok etgan hamda samarali xizmat qilgan keksa va yosh xodimlar respublika faxriy unvonlariga va faxriy yorliqlariga tavsiya etiladi.

 

Bundan tashqari, UNESCO ishlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi va xalqaro tashkilotlar ishtirokida “Qashqadaryoning jahon sivilizasiyasi taraqqiyotida tutgan o`rni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etiladi. Viloyatning 100 yillik yubileyiga  bag`ishlab baxshi-shoirlarning “Dostonlarda yurt madhi” viloyat ko`rik-tanlovi o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar