AsosiyJamiyat

Chirchiqda uysiz itlarning o`ldirilayotgani haqidagi xabar bo`yicha rasmiy munosabat bildirildi

'Chirchiqda uysiz itlarning o`ldirilayotgani haqidagi xabar bo`yicha rasmiy munosabat bildirildi'ning rasmi

Biroz avval bugun soat 8.00 dan Toshkent va Chirchiq shaharlarida ommaviy ravishda uysiz itlarni o`ldirish boshlanishi  haqida xabarlar tarqalgani haqida xabar bergan edik.

Toshkent viloyat hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasi Chirchiqda egasiz itlarning o`ldirilayotgani to`g`risidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. 

Unga ko`ra, aholi yashash punktlarida nazoratsiz, shu jumladan, egasiz it va mushuklarning ko`payib borayotgani, ular tomonidan ayollar va yosh bolalarni qo`rqitish, ularga hamla qilish holatlari ro`y berayotgani o`rinli e`tirozlarga sabab bo`lmoqda. Xususan, bu borada 2023 yilning 6 oyi davomida Toshkent viloyati fuqarolaridan 120 dan ziyod ariza va shikoyatlar kelib tushgan.

"Fuqarolar xavfsizligini ta`minlash va qutirish kasalligi xavfini oldini olish maqsadida, Toshkent viloyati huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan nazoratsiz it va mushuklarni tutish tadbirlari o`tkazib kelinmoqda. Bunday tadbirlardan biri bugun 2023 yil 14 iyun kuni Chirchiq shahrida o`tkazilmoqda", — deyiladi munosabatda.

Qo`shimcha qilinishicha, tadbirga bosh boshqarma tizimidagi 7 ta shahar va tuman Daydi hayvonlarni tutish bo`limlari ishchilari jalb qilingan bo`lib, ularga Chirchiq shahri ko`chalarida nazoratsiz yurgan it va mushuklarni tutish hamda ularni o`rnatilgan tartibda Qibray tumanidagi nazoratsiz hayvonlarni saqlovchi “Hayot” MChJga topshirish vazifasi yuklatilgan.
 

    Boshqa yangiliklar