Turkiston viloyatining Sariog`ash tumanida 5 yoshli qiz o`ldirildi. "Sputnik Qozog`iston" xabariga ko`ra, ushbu hodisa haqida shaxsan prezident Qosim-Jo`mart Toqaevga ma`lumot berilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari sabab gumonlanuvchi shaxs aniqlangan: u bir necha bor sudlangan, jumladan, qotillik uchun jazo muddatini o`tagan shaxs bo`lib chiqdi
Ma`lum qilinishicha, avvalroq ham (u odamga og`ir tan jarohati etkazgan) jinoyat sodir qilganiga qaramay, insonparvar sud uni atigi uch yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilgan. Endi u yana qotillikka qo`l urgan, bu safar jabrlanuvchi yosh bola bo`ldi.
Toqaev Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligiga fojia holatlarini sinchkovlik bilan o`rganishni topshirdi.
“Davlat rahbari joriy yilda chiqarilgan hukmning qonuniyligini tekshirish va shaxsga qarshi o`ta xavfli jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirishni muhim deb hisoblaydi”, — deyiladi xabarda.






